From Wikipedia, the free encyclopedia
Allaniyoz Uteniyozov (1936-2006 yy.) – Oʻzbekiston Qahramoni (2001)[1], Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1986), „Mehnat shuhrati“ ordeni (1995).
Allaniyoz Uteniyozov | |
---|---|
Allaniyaz Uteniyozov | |
Tavalludi |
1-iyun 1936-yil Kegeyli tumani Qazayaqli ovuli |
Vafoti |
27-yanvar 2006-yil (69 yoshda) |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Nukus davlat pedagogika insitituti chet tillar fakulteti |
Kasbi | oʻqituvchi, bogʻbon, quruvchi. |
Faoliyat yillari | 1962–2004-yillar |
Unvoni | Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992), Oʻzbekiston Qahramoni (2001). |
Mukofotlari | "Mehnat shuhrati" (1995 y). |
Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil 8-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Qazayaqli ovulida tugʻilgan. 1949- yilda onasi bilan togʻasining yoniga – hozirgi Nukus tumani Uzunkoʻl ovuliga koʻchib kelishadi. Allaniyaz Nukus shahridagi maktabda oʻqish bilan bilrga uyida poliz va sabzavotlar yetishtirgan. 1958 – 1962-yillarda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) chet tillar fakultetida oʻqigan[2]. 1962-yildan Nukus tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.
Fidoiy ustoz oʼquvchilarga dars oʼtish bilan bir qatorda qishki va yozgi taʼtil paytlarida yolgʼiz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun haq olmagan[3]. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasidagi maʼlumotlarga koʻra Allaniyoz Uteniyazov 40 ta turar joy, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta shifoxona va bitta kutubxona qurgan. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital taʼmirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan oʼzi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona gʼisht quygan[4].
1999-yili Nukus tumanida „Saxovat“ fermer xoʻjaligini tashkil etib, olma, oʻrik, shaftolizorlar barpo etdi. Bu bogʻlarning mevalaridan Xoʻajayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birinchi navbatda bahramand boʻlishgan. Xoʻjalik hududidagi ishsiz aholini bandligini taʼminladi. [5]
Allaniyoz Uteniyazovning taʼlim samaradorligini oshirib borishdagi zarur metodlaridan biri bu – zamonaviy texnologiyalar vositasida dars oʻtish, elektron darsliklardan foydalanish, internet termoqlari maʼlumotlari bilan darslarni boyitish, lingafon, kompyuter xonalaridan samarali foydalanish.
Allaniyoz Uteniyozov 2006 yil 27 yanvarda Toshkentda vafot etdi.
Ingliz tili muallimining mehr-saxovatli ishlari haqida xabar topgan nafaqat yurtdoshlarimiz, xorijiy gazetalarda oʻqigan millioner, madaniyat va fan arboblari, dunyoga tanilgan chempion, estrada yulduzlari, taniqli insonlar unga ehtirom, minnatdorchilik xatlari yoʻllaganlarː
„Siz oʻz insoniylik mehnatingiz bilan barcha odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu ishlaringiz yosh avlodlarni tarbiyalashda namuna boʻladi. Men sizga tan beraman…“. Kuba davlati rahbari Fidel Kastro.
„Sizning insoniylik maʼnaviy boyligingiz hech qachon oʻlmaydi, chirimaydi, mangu qoladi.“ Argentinalik millioner Sapun.
„Sizning 30–35 yillik mehr-muruvvatga toʻla himmatingizni har safar ringdagi jang oldidan 30–35 soniya xayolimda jonlantiraman, sizni koʻz oldimga keltirib, ibratingizdan madad olaman. Shu vaqt oʻzimda qoʻshimcha yengilmas kuch-quvvat toʻplanganday sezaman va albatta, gʻalabaga erishaman.“ Boks boʻyicha jahon chempioni Vitaliy Klichko.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.