Ahmad Aʼzam
Ahmad Aʼzam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist.
1949-yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan. 2014-yili Toshkent shahrida vafot etgan.
1971-yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999–2004-yillar).
1995-yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, „To’rtinchi hokimiyat“.
„Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, Asqartogʻ tomonlarda, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“, „Oʻzim bilan oʻzim“, Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar nomli nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“, „Til nomusi“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
Yozuvchining ijodi bilan ahmadazam.uz sahifasida tanishish mumkin.

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.