From Wikipedia, the free encyclopedia
Agʻitay Adilov (1941.10.2, Taxtakoʻpir tumani) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi novatori, usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1976). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. Taxtakoʻpir tumani „Qoʻngʻirotkoʻl“ davlat xoʻjaligida bosh hisobchi (1970-76), „Taxtakoʻpir“ davlat xoʻjaligi direktori (1977-93), 1993-yildan „Taxtakoʻpir“ shirkat xoʻjaligi raisi. Adilov rahbarlik qilgan yillarda xoʻjalik respublikada rentabelligi yuqori, iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, xoʻjalikning mashina-traktor parki eng zamonaviy texnika bilan taʼminlandi, sholi, bugʻdoy, paxtadan yuqori hosil yetishtirishga erishdi, ijtimoiy-madaniy markazlar, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, un, guruch ssxlari, gʻisht zavodi va boshqa qurildi. Adilov 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990-1994), 1-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Senati aʼzosi, 3-chaqiriq qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. "Shuhrat" medali (1998), "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).
Agʻitay Adilov | |
---|---|
Tavalludi |
10-fevral 1941-yil |
Vafoti |
14-avgust 2012-yil (71 yoshda) Taxtakoʻpir |
Fuqaroligi | SSSR, Oʻzbekiston |
Kasbi | qishloq xoʻjaligi xodimi, ijtimoiy va siyosiy arbob |
Mukofotlari |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.