From Wikipedia, the free encyclopedia
Affekt (lot. aftectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — turli tashqi yoki ichki taʼsirlar asosida tez paydo boʻlib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda „port-lash“ tarzida boʻladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qoʻrqinch, dahshat, gʻazab va boshqalar). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. A. holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. A. fiziologik ham, patologik ham boʻlishi mumkin. Fiziologik A.da kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik A. koʻproq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Baʼzan ruhiy sogʻlom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik A.da barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat qilinmaydi. Odamda A. fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bogʻliq omillar tufayli emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh.k. holatlarda. Baʼzan A. biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi na-tijasida ham sodir boʻladi. Bundam vaziyatlarda A. akkumulyatsiyasi holati roʻy beradi, uning natijasida A. kuchli, boshqarib boʻlmaydigan xulqlarajasiga koʻgarilishi mumkin (affektiv port-lash).A.ni oʻrganish sud-psixiatrik hamda sud-psixologik ekspertiza amaliyotida jinoiy xatti-harakatlarning asl sa-babini aniqlashda zaruriy shartlardan biri boʻlib, adolatli hukm chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.