From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabrda, Termiz[1]) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abdusomad Chorshanbiyevich Doʻrmonov | ||
Tavallud sanasi | 15-noyabr 1965-yil | ||
Tavallud joyi | Termiz Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 1.77 cm (1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1982—1984 | Surxon | 64 | (7) |
1985—1986 | Lokomotiv (Chita) | 45 | (3) |
1987 | Surxon | 22 | (7) |
1987—1989 | Paxtakor | 64 | (3) |
1990—1991 | Surxon | 72 | (19) |
1992—2002 | Neftchi (Fargʻona) | 274 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—1994 | Oʻzbekiston | 7 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2003—2014 | Neftchi (Fargʻona) | ||
2014—2015 | Yozyovon Lochinlari | ||
2015—2020 | Neftchi (Fargʻona) | ||
2021 | Istiqlol Fargʻona | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.
1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.
"Paxtakor" (Toshkent) va "Neftchi" (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.
„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).
Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.
2002-yilda faoliyatini yakunlagan.
2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan[2]. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.
2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi[3].
2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan „Neftchi“da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda[4][5][6][7][8][9][10].
Abdusamad Doʻrmonovning ukasi Rustam Doʻrmonov ham asosan akasi bilan bir vaqtda "Neftchi" (Fargʻona) klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. Yana bir ukasi Ravshan asosan Termizning "Surxon" klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan, keyinchalik u boshqargan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.