From Wikipedia, the free encyclopedia
Bruney, Bruney Dorussalom (نڬارا بروني دارالسلام, Brunei Darussalam) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan orolining shimolda joylashgan. Maydoni 5,765 km2, aholisi 436,786 kishi (2011). Poytaxti —Bandar-Seri-Begavan shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Pul birligi — Bruney dollari.Sultonini esa 2000ga yaqin super car bor.
Bruney Dorussalam Negara Brunei Darussalam نڬارا بروني دارالسلام | |
---|---|
Shior: الدائمون المحسنون بالهدى Sentiasa membuat kebajikan dengan petunjuk Allah Hizmat hamisha Allohning yordami bilan | |
Madhiya: Allah Peliharakan Sultan | |
Poytaxt | Bandar-Seri-Begavan |
Rasmiy til(lar) | Malay, Ingliz |
Hukumat | Absolyut Rohiblik |
• Rohib va Bosh Vazir |
Ser Xassanal Bolkiax |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
1-yanvar 1984 |
Maydon | |
• Butun |
5 765 km2 (163-oʻrin) |
• Suv (%) |
8.6 |
Aholi | |
• 2011-yilgi roʻyxat |
401 890 (174-oʻrin) |
• Zichlik | 67,3/km2 |
YIM (XQT) | 2010-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$21,237 mil. (122-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$49,791 |
Pul birligi | Bruney dollari (BND) |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 |
UTC+8 | |
Qisqartma | BX |
Telefon prefiksi | 673 |
Internet domeni | .bn |
|
Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-yil 29-sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat toʻlatoʻkis uning qoʻlida. Sulton Bruney musulmonlarining diniy boshligʻi ham hisoblanadi. Sulton huzurida bir necha maslahat organlari bor. 1962-yildan buyen amal qilayotgan favqulodda holat sababli mamlakatni boshqarish faqat sulton dekretlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ijroiya hokimiyat ham sultonga va hukumatga qarashli. Sulton ayni vaqtda bosh vazir hamdir.
Bruney hududining koʻp qismi tekislikdan iborat boʻlib, janubda uning balandligi 300 m gacha boradi. Bruneyning eng baland nuqtasi 1841 m boʻlib, u mamlakat sharqidagi Bukit Pagon togʻidir. Iqlimi — ekvatorial. Butun yil davomida havo harorati 26 °C atrofida. Yiliga 2000–4000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining 75 % dan koʻprogʻi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, xil maxil daraxtlar oʻsadi. Hududining 20 % botqoqlik va butazorlardan iborat. Daryolari: Temburon, Belayt, Tutong va Bruney.
Aholisi asosan malayyalar (66,5 %), shuningdek indonez tillarida soʻzlashuvchi kedayan, dusun, melanav, iban kabi mahalliy guruhlardan, xitoylar, hindlardan iborat. Bir necha ming ingliz ham yashaydi. Aholining yarmidan koʻprogʻi — musulmonlar. Shaharlarda aholining 90 % yashaydi. Rasmiy tili — malayya va ingliz tili.
Bruney toʻrtta okrugka boʻlinadi, nomlanishi daera:
Bruney 14-asrda, chamasi, hozorgi Indoneziyada hukm surgan Majapaxit imperiyasiga tobe boʻlgan. 15-asrda Bruney hukmdori Alakber Tata ismli shaxs Muhammad nomini olib, Bruneyning birinchi sultoni boʻldi. 16-asrning 1-yarmida sultonlik gʻoyat ravnaq topdi, Kalimantanning butun shimoliy sohili va bir qancha qoʻshni orollarni buysundirdi. 1580-yilda Bruneyni ispan mustamlakachilari bosib oldi. Garchi ular haydab chiqarilgan boʻlsa ham, Bruney qudratiga putur yetgan va u faqat Shimoliy Kalimantannigina saqlab qolgan edi. 19-asr boshlarida Bruney qaroqchilarning eng yirik markazlaridan va qul savdosi bozorlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq Angliya borabora Bruneyni oʻziga qaram qilib oldi. 1888-yil Bruney Angliya protektoratiga aylandi. 1906-yilda neft konlari ochilishi munosabati bilan ingliz noibi tayinlandi. 1941—45 yillarda Bruney Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1948—59 yillarda uni ingliz gubernatori idora qildi. 1984-yil 1-yanvarda Bruney mustaqillikka erishdi. Bruney 1984-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1996-yil 23-iyunda oʻrnatilgan. Milliy bayrami: 23-fevral — Milliy kun (1984)[1].
Asosiy tarmoqlari — neft qazib olish (yiliga 10 mln. tdan ortiq) va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish (yiliga 12 mlrd. m3), kauchuk yetishtirish va oʻrmonchilik. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 41,6 %, qishloq xoʻjalik ulushi 2,1 %. Gaz suyultirish zavodi, taxta tilish, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, yogʻoch va kumushdan buyumlar, yogʻoch kemalar yasash va hokazo) rivojlangan. Asosiy ekini sholi; kauchukli oʻsimliklar, palma daraxtlari oʻstiriladi. Qoʻtos, echki, choʻchqa boqiladi; ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullaniladi.
Transportning asosiy turi — kema qatnovi. Avtomobil yoʻllarining uznligi — 2200 km, temir yoʻli uzunligi — 19 km. Asosiy dengiz porti — Bandar-Seri-Begavan va Muara. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, suyultirilgan tabiiy gaz, yogʻoch sotadi. Chetdan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob uskunalar va boshqalar oladi. Savdo-sotiq sohasidagi mijozlari: Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Singapur va boshqalar.
Tibbiy xizmat va maorif ishlari mustaqillikdan keyin rivojlana boshladi. Bruneydagi 967 oʻrinli 10 gospital, 5 dispanserda 197 shifokor va 27 tibbiy hamshira xizmat koʻrsatadi. Mamlakatda malayya, ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan maktablar bor. Diniy maktablar ham mavjud. Maktablarda taʼlim bepul, 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy. Boshlangʻich maktablarda oʻqish 6 yil, oʻrta maktablarda 7 yil 1994-yil Bruneyda 151 bolalar bogʻchasi (11698 tarbiyalanuvchi), 47 maktab (69242 oʻquvchi), 2 institut (320 talaba) va 1 universitet (1138 talaba) bor edi. Bruney milliy birlashgan partiyasi (1986-yilda tuzilgan) mavjud[2]. Bruneyda yagona kasaba uyushma birlashmasi yoʻq. Faqat tarmoq kasaba uyushmalari ish olib boradi.
Bruneydagi asosiy gazeta va jurnallar: „Pelita Bruney“ („Bruneyningbesh yillik rejasi“, malayya tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1956-yilda asos solingan), „Salom“ (malayya va ingliz tilida 2 haftada 1-marta chiqadigan gazeta, 1953-yilda tashkil etilgan), „Borneo bulletin“ („Borneo byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan haftalik byulleten, 1953-yilda asos solingan), „BruneyDorussalom nyus letter“ („BruneyDorussalom axborot byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan jurnali). Bruney davlat radio va telekoʻrsatuvi 1957-yilda tashkil etilgan.[3]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.