Zina, zinapoya — bino va inshootlarning yuqoriga chiqib, pastga tushiladigan pogʻonali qismi. Vazifasiga qarab 3 xili boʻladi: asosiy zina — qavatlarga chiqib tushiladi; yordamchi zina — yongʻin, suv toshqini, taʼmirlash ishlari vaqtida kerak boʻladi; qoʻshimcha zina — yertoʻlaga tushiladi, chordoqqa chiqiladi. Zinalar bino va inshootlarni bezaydigan meʼmorlik elementi ham hisoblanadi. U istirohat bogʻlari, ochiq maydonlarga ham koʻrk berib turadi. Yodgorliklar poyiga ham zina qilinadi. Zinalar gʻishtdan, temirbetondan, taxtadan, metalldan qilinishi mumkin. Gʻishtin va temirbeton zinalar sirti koshinlar va marmar bilan qoplanadi. Eskalator zinalari dvigatel yordamida harakatlanib turadi. Turar joy binolarida zinalarning qiyaligi muhim ahamiyatga ega: Zina qancha yotiqroq boʻlsa, shuncha yaxshi, lekin uning qiyaligi 45° dan oshmasligi lozim. Agar zina bilan chiqiladigan joy ancha baland boʻlsa zina bir necha marshga (boʻlakka) boʻlib quriladi. Har bir marshda kamida 3 ta, ko'pi bilan 10 ta zinapoya boʻlishi kerak. Zinapoya marshining eni 90 sm dan tor boʻlmasligi lozim. Oddiy zina qurishning iloji boʻlmagan joylarda (masalan, joy yetarli boʻlmaganda) vintsimon zinalar quriladi. Koʻpincha, bunday zinalar metalldan yasaladi. Vintsimon zinaning diametri kamida 2 m boʻlishi kerak. Zina bandi (qoʻl ushlab chiqiladigan toʻsiq) ning balandligi 1 m atrofida qilinadi.[1]

Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Har xil zinapoyalarga misollar

Galereya

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.