Zawidów
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Zawidów ([zaˈvʲiduf]; polyakcha: Zawidów, nemischa: Seidenberg ) — Polshaning janubi-gʻarbiy qismida, Chexiya chegarasida, Quyi Sileziya vodiysining Zgorzelec okrugida joylashgan shaharcha.
Zawidów polyakcha: Zawidów | |
---|---|
shahar | |
51°1′34.14″N 15°3′44.58″E | |
Mamlakat | Polsha |
Asos solingan | 1186 |
Maydon | 6.07 km2 (2.34 kv mi) |
Markazi balandligi | 245 m |
Aholisi (2019-06-30[1]) |
4 364 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 75 |
Pochta indeks(lar)i | 59-970 |
Avtomobil kodi | DZG |
TERYT rasmiy kodi | 5020125011 |
|
Shahar taxminan 14 kilometr (9 mi) Zgorzelecdan janubi-sharqda va 139 kilometr (86 mi) viloyat poytaxti Vrotslavdan gʻarbda joy olgan. 2019-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 4,180 kishidan iborat ekanligi aniqlangan.
Ilk oʻrta asrlarda Zavidov eski Polsha qabilalaridan biri[2] Bieżuńczanie qabilasining tayanch punkti boʻlgan[3]. U XI asr boshlarida Boleslav I Jasur tomonidan ilk Polsha davlatiga kiritilgan. Bu aholi punkti birinchi marta 1186-yilda tilga olingan[4]. XIV asrda shaharcha Bogemiya (Chexiya) qirolligi tarkibiga kiritildi. Unga 1369-yilda shahar huquqi berilgan[4]. 1397-yilda hududda maktab tashkil etildi[4]. Shahar 1427-yil, 1433-yil, 1469-yil, 1769-yil va 1834-yillarda yongʻinlardan aziyat chekkan[4]. 1635-yilda u Saksoniya elektoratiga oʻtdi va 1697-yildan Polsha qirollari ham hukmronligi ostida boʻlgan. Oʻttiz yillik urush natijasida u yerda Chexiya qirolligidan kelgan protestantlar joylashib oldilar[5].
Shaharcha 1815-yilda Prussiyaga oʻtdi va 1871-1945-yillarda birlashgan Germaniya tarkibiga kiritildi. Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniya maʼmuriyati qurollanish uchun mahalliy cherkovdan ikkita tarixiy cherkov qoʻngʻirogʻini musodara qildi[6]. Ikkinchi jahon urushidan keyin shahar urushdan keyingi Potsdam kelishuvi shartlariga koʻra Polsha tarkibiga kirdi.
Qadimgi cherkov qoʻngʻiroqlari urushdan omon qoldi; ammo, ular hozir Germaniyada Shtutgart va Ulm cherkovlariga oʻrnatilgan[6].
Mahalliy futbol jamoasi — Piast Zawidov[7] hisoblanadi. U quyi liga oʻyinlarida ishtirok etadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.