Yuzboshi — harbiy unvon, yuz nafar askar boshligʻi. Turk xoqonligi davridan amalda boʻlgan. Yu. bevosita mingboshita boʻysungan, uning qoʻl ostida 10 ta oʻnboshi faoliyat koʻrsatgan. Amir Temur davrida Yu. oʻnboshiga qaraganda 2 hissa koʻp maosh olgan (taxminan 20 otning qiymatiga teng). Yu.ga harbiy yurishlar paytida alohida chodir, turli qurolyarogʻlar va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. 20-asr boshlarida Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash davrida baʼzi qoʻrboshilar Yu. unvonini olgan. Keyinchalik bu unvon tugatilgan. Yu. mansabi va unvoni oʻrta asrlarda turli mamlakatlarda (mas, Rossiyada "sotnik", Ukrainada "sotnya") ham mavjud boʻlgan.

Adabiyot

  • Temur tuzuklari, T., 1996; Vohidov Sh., Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida unvon va mansablar, T., 1996.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.