![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/Yangiqo%25CA%25BBrg%25CA%25BBon_tumani.jpg/640px-Yangiqo%25CA%25BBrg%25CA%25BBon_tumani.jpg&w=640&q=50)
Yangiqoʻrgʻon tumani
Oʻzbekistondagi tuman / From Wikipedia, the free encyclopedia
Yangiqoʻrgʻon tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, janubdan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy gʻarb, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,54 ming km². Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navroʻzobod, Nanay, Paromon, Sharq Yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi.
| |
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Namangan viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yangiqoʻrgʻon |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
41°11′32″N 71°43′41″E |
Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubiy dan shimoliga 300 m dan, oʻrta qismida 1500 m gacha, shimolida 1500 — 2000 m. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da — 1° dan —4" gacha, iyulda 25° — 26". Eng past temperatura qishda —29°, eng yuqori temperatura yozda 40°. Yillik yogʻin 300 — 400 mm. Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻlardan kattakichik soylar oqib tushadi. Ularning baʼzilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda baʼzan kuchli sel keladi va xoʻjaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi, asosan, tipik boʻz tuproq, eng shimoliy chekkasida qisman toʻq tusli boʻz tuproq. Shimoliy sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Yangiqoʻrgʻon tumani ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi faoliyat koʻrsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor.