From Wikipedia, the free encyclopedia
Yagʻmo — turkiy qabilalardan biri.
IX asrning 1-yarmida yagʻmolar uygʻurlar tarkibida boʻlishgan. 840-yil uygʻurlar qirgʻizlar bilan boʻlgan urushda yengilgach, ulardan 15 urugʻ ajralib qarluqlar himoyasi ostiga oʻtgan. Yagʻmo — 15 urugʻ birlashmasining turkiycha nomi. X asr boshida yagʻmolarning katta bir qismi Qashqarga — Tyanshanning janubi-sharqiy yon bagʻirlariga, Norin daryosining yuqori oqimidagi hududlarga koʻchib kelib, oʻtroqlashgan.
Yagʻmolar Qoraxoniylar davlatini barpo etishda qarluq, chigil, xalaj kabi qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Yagʻmolarning asosiy qismi XI asrning 1-yarmida qoraxoniylar qoʻshini tarkibida Movarounnahrga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashgan. Ularning bir qismi Zarafshon vodiysida mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan va oʻzbek xalqining bir qismiga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.