![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9c/Khishirtop_village.jpg/640px-Khishirtop_village.jpg&w=640&q=50)
Yagʻnob vodiysi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yagʻnob vodiysi – Tojikiston shimoli-gʻarbidagi vodiy, Zarafshon tizmasining janubiy yonbagʻirlari va Hisor tizmasining shimoliy yonbagʻirlari oraligʻida joylashgan.
| |
Vodiy | |
---|---|
Tegishli | Soʻgʻd, Tojikiston |
Rasmiy tillar | Tojik tili |
Xaritada | |
39°12′0″N 69°0′0″E |
Vodiy Yagʻnob daryosidan hosil boʻlib, Zarafshon havzasiga kiradi. U dengiz sathidan 2500 dan 3000 metr balandlikda joylashgan va yilning olti oyi davomida unga oʻtishning deyarli imkoni yoʻq.
Vodiyda Oʻrta Osiyoning qadimgi Soʻgʻd tamaddunining bevosita davomchilar hisoblanadigan yagʻnobilar yashaydi. Yagʻnob vodiysi aholisi oʻzining tabiiy izolyatsiyasi va cheklangan infratuzilma imkoniyatlari tufayli oʻziga xos turmush tarzi, madaniyati va tilini, yaʼni qadimgi soʻgʻd tili bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan yagʻnob yilini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Bu vodiyda islomgacha boʻlgan eʼtiqod va urf-odatlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda vodiyda oʻnta aholi punkti mavjud boʻlib, ularning har birida uchdan sakkiztagacha oilalar yashaydi[1].