![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bd/Uzbekistan_location_map.svg/languz-640px-Uzbekistan_location_map.svg.png&w=640&q=50)
Xonqa
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xonqa – Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan shaharcha. Amudaryodan 68 km Gʻarbda, viloyat markazidan 12 km Sharqda joylashgan. Shaharcha hududida transport yoʻli stansiyasi mavjud. Shaharcha tarixiy adabiyotlarda Safardiz nomi bilan tilga olinadi. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan vayron etilganidan soʻng bu yerda masjidning birgina xonaqohi saqlanib qolgan. Akademik Yahyo Gʻulomovning taʼrificha, tuman nomi (Xonaqoh – Xonaqo – Xonqa) shundan kelib chiqqan. Xonqada 1890-yilda rus savdogarlari tomonidan paxta tozalash zavodi qurilgan. Haftada 2 marta bozor boʻlgan.
Qisqa faktlar Mamlakat, viloyat ...
Xonqa | |
---|---|
shahar | |
41°28′0″N 60°47′0″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
tuman | Xonqa tumani |
Rasmiy til(lar)i | o'zbek tili |
Aholisi | 35 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | 0362399 |
Pochta indeks(lar)i | 220800220800 |
Avtomobil kodi | 90 |
Yopish