From Wikipedia, the free encyclopedia
Xolangit (yun. chole — oʻt va anderon — tomir), angioxolit — oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi. X.ni, odatda, ichak tayoqchasi va boshqa mikroblar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha xoletsistit, oʻttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infeksiya oʻt yoʻllariga oʻt pufagi, meʼdaichak yoʻli, meʼda osti bezidan va limfa, qon orqali tushishi mumkin. Shuningdek, oʻt yoʻli motor funksiyasining buzilishi yoki tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi ham X.ga sabab boʻladi. X. kataral, yiringli va nekrotik boʻlishi mumkin. Kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali X. farqlanadi.
Oʻtkir X.da bemorning eti uvishib vaqtvaqti bilan isitmalaydi, koʻp terlaydi, ogʻzi taxirlashib, qusadi, oʻng qovurgʻa osti ogʻriydi. Jigari shishib, terisi sargʻayadi, kichishadi. Surunkali X. koʻpincha oʻtkir X.dan soʻng vujudga kelib, belgilari xoletsistitga oʻxshaydi. Bunda koʻz oqlari sargʻayib, oʻng qovurgʻa osti doim ogʻrib turadi, bemorni darmoni qurib vaqtvakti bilan eti uvishadi, tez charchaydi. Koʻpincha jigar va taloq shishadi. Baʼzan X. oqibatida peritonit, jigar sirrozi, pankreatit va boshqa kelib chikishi mumkin.
Davo bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab olib boriladi, parhez buyuriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.