From Wikipedia, the free encyclopedia
Xloroform, trixlormetan, CHCl3 — oʻtkir hidli, shirin taʼmli, rangsiz suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi —63,5°, qaynash temperaturasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va boshqalar) bilan aralashadi. Yorugʻlikda havo kislorodi taʼsirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qoʻshiladi. Xloroform metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlangʻich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.