Xit-parad
maʼlum bir davrga oid eng ommabop media mahsulotlarning nashr etilgan roʻyxati (musiqa, kitoblar, filmlar, oʻyinlar) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Xit-parad yoki chart — maʼlum bir davrga oid eng ommabop media mahsulotlarning nashr etilgan roʻyxati (musiqa, kitoblar, filmlar, oʻyinlar). Qoida tariqasida, xit-parad roʻyxatlari 10—20 dan ortiq boʻlmagan oʻrinlardan tashkil topgan boʻladi va koʻrsatkichlarning tushishiga qarab joylashtiriladi. Xit-paradlar asosan media mahsulotlarning sotuvi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, musiqiy kompozitsiyalarning qancha vaqt davomida radioda berilishi, filmlarning qancha vaqt davomida namoyish etilishi (kinoprokat) ga qarab belgilanadi. Odatda xit-paradning vaqtinchalik davri bir hafta, baʼzan esa bir oyni tashkil etadi. Tom maʼnoda „xit-parad“ eng ommabop media mahsulotlar roʻyxatini anglatadi.