XinganUzoq Sharqdagi togʻ sistemasi, asosan, Xitoyning shimoli-sharqiy qismi va qisman Xabarovsk oʻlkasida. Xingan 2 kiyem: Katta X. va Kichik X. togʻlariga boʻlinadi. 1) Katta Xingan togʻlari, aksari qismi Ichki Mongoliya hududida boʻlib, Markaziy va Sharqiy Osiyo oʻrtasidagi shartli tabiiy chegara vazifasini oʻtaydi. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 1200 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 1949 m. Asosan, granit va boshqa vulkan jinslaridan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari yotiq. Shimolida tayga oʻrmonlari, koʻp yillik toʻng yerlar bor. Janubiy keng bargli oʻrmonlar, oʻrmondasht va dashtlardan iborat. Yogʻoch tayyorlanadi, moʻynali hayvonlar ovlanadi; 2) Kichik Xingan toglari — Xabarovsk oʻlkasi va Xitoyning shimoli-sharqida. Uzunligi 500 km, eng baland joyi 1150 m. Gneys, granit, kristalli slanets, bazalt jinslardan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari yotiq, toshloqli. Gʻarbida vulkanlar guruhi bor. Togʻ oʻrmonlari bilan qoplangan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.