From Wikipedia, the free encyclopedia
Wrocław — Polshaning janubigʻarbidagi shahar. Vrotslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Vrotslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vrotslav yirik sanoat shahri va muhim temir yoʻl tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vrotslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16-asrlar) va boshqa saqlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.