![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/12/Wendelin_Werner.jpg/640px-Wendelin_Werner.jpg&w=640&q=50)
Wendelin Werner
nemis millatiga mansub fransuz matematigi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Wendelin Werner (talaffuzi: Vendelin Verner) (1968-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — nemis millatiga mansub fransuz matematigi. Tasodifiy daydishlar, Brown harakati, Schramm–Loewner evolutsiyasi hamda ehtimollik nazariyasi va matematik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Werner 2006-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.
Wendelin Werner | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
23-sentyabr 1968-yil (1968-09-23) (55 yosh) Cologne, Germaniya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | ETH Zurich |
Akademik rahbarlari | Jean-François Le Gall |
Mashhur shogirdlari | Vincent Beffara (de) Julien Dubédat (de) Christophe Garban |
Mukofotlari |
Heinz Gumin mukofoti (2016) Fields medali (2006) Pólya mukofoti (2006) Loève mukofoti (2005) Fermat mukofoti (2001) EMJ mukofoti (2000) Davidson mukofoti (1998) |
Werner 1968-yilda Germaniyaning Cologne shahrida tugʻilgan. 1977-yilda Fransiya fuqaroligini olgan. Werner 1993-yilda Pierre-et-Marie-Curie universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991–1997-yillarda Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Werner 2008-yilda Fransiya fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan.
Werner 1982-yilda Romy Schneider ishtirokidagi „Sans-Soucilik oʻtkinchi“ (fransuzcha: La passante du Sans-Souci) badiiy filmida suratga tushgan. Ayni damda Werner Zurich Shvetsariya oliy texnika maktabi professoridor.
![]() |