VladimirRossiya Federatsiyasidagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik ("Vladimir traktor zavodi", "Avtopribor", "Elektropribor", elektr motori va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. V. 1108 yilda knyaz Vladimir Vsevolodovich Monomax tomonidan Rostov-Suzdal knyazligini ximoya qiluvchi qalʼa sifatida barpo etilgan. V.da "Oltin darvoza" (1158— 64), Uspeniye (1158—60) va Dmitriyev (1194—97) soborlari saqlangan. Politexnika va ped. institutlari, 11 maxsus oʻrta oʻquv yurti, 2 teatr, Vladimir-Suzdal tarixiy meʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.