From Wikipedia, the free encyclopedia
Visla yoki Vistula — Polshadagi eng katta daryo. Uzunligi 1047 km, havzasining mayd. 198,5 ming km2. Gʻarbiy Karpat (Sileziya Beskidi) togʻlaridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Dunayes, Visloka, San, Gʻarbiy Bug va b.; chapdan — Pilitsa, Brda. Visla boshlangan joyidan 40 km gacha togʻ orasidan, Pshemsha bilan qoʻshilgach tekislikdan oqadi; yozda Karpat togʻlariga yoqqan jalalar natijasida toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1090 m3/sek. Visla Polshaning muhim transport magistrali. Quyilish joyidan Pshemsha irmogʻi qoʻshilgan joygacha 940 km masofada kema qatnaydi. Visla kanallar orqali Neman, Dnepr, Odra daryolari 6-n qoʻshilgan. Visla boʻyida Varshava, Krakov, Plotsk, Torun sh.lari, deltasida Gdansk sh. joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.