Vikipediya:Vandalizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vandalizm Vikipediyada biron bir maqolani olib tashlash, yoki almashtirish, mavzusini tubdan oʻzgartishish, buzuq fikrlar qoʻshish, har xil haqoratli soʻzlar ishlatish va.hk. Odatda vandalizmga misollar qonunsizlikda sahifalar oʻzgartirib tashlash va bir sahifaga kirib yaqqol bemaʼni soʻzlar yozish. Umumiy maʼnoda vandalizm sahifasiga qarashingiz mumkin. Vikipediya vandalizm qoidalariga koʻra qoidabuzarlik aniqlanib, bartaraf etiladi. Agar bartaraf etolmasangiz, boshqalardan yoki foydlanuvchilardan yordam soʻrashingiz mumkin. Baʼzan vandalizm mavhum boʻlmaganligi kabi, katta va tortishuvli oʻzgarishlar vandalizm boʻlmaydi. Bunday hollarda ehtiyot boʻlish, harakatning sabalarini aniqlash va vandalizmni dalillar bilan isbotlash kerak boʻladi. Vandalizmni koʻrsangiz oʻzgartirishlarni ortga qaytaring. Shuningdek, vandal foydalanuvchiga ham xabar qoldiring. Xabaringizda imzo (~~~~) qoldirishni unutmang. Moderatorlar, vandalning erkin foydalanish vaqtini toʻxtatadi. 2002-yilda IBM tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijasida Inglizcha Vikipediyadagi koʻp vandalizmning besh daqiqada tiklanganini koʻrsatdi. Ammo vandalizm doimo foydalanuvchilarga muammo tugʻdirishda davom etmoqda. Bir sahifani oʻzgartirishdan oldin, tarixiga qarab, yaqin vaqtda vandalizmni fosh etishni nazorat qilmoq foydali boʻladi.
![]() | Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |