Vikipediya:Insofli foydalanish mezonlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Umumiy hollarda Vikipediya sahifalariga noerkin materiallarni joylashga ruxsat berilmagan. Biroq maqolalarda va boshqa sahifalarda, qoida va yoʻllanmalar asosida, mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallardan qisqa koʻchirmalar, matnlardan parchalar keltirish imkoniyati mavjud. Bu bilan maqola va sahifalarning sifatini oshirish, osonroq tushuntirish maqsadlari koʻzlanadi. Shunday ekan, noerkin media-fayllardan Vikipediya sifatini oshirish maqsadida kerakli vaziyatlarda kam miqdorda va oʻrinli foydalanish taklif etiladi.
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Qisqacha: Vikipediyanig asosiy maqsadi — nafaqat erkin, balki sifatli ensiklopediya yaratishdir. Shuning uchun koʻp hollarda erkin boʻlmagan media-materiallardan foydalanishga majburmiz. Ushbu qoida qanday qilib eng kam miqdorda zarar keltirgan holda ikkala maqsadga ham erishish yoʻlini taklif qiladi. |