From Wikipedia, the free encyclopedia
Baʼzi hollarda, administratorlar Vikipediya sahifalarini oldindan ogohlantirmasdan, hatto bu sahifalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlsa ham oʻchirib tashlashi mumkin. Bunday holatlarning barchasi quyida keltirilgan. Roʻyxat toʻliq keltirilgan boʻlib, kengaytirilgan talqin qilinishi mumkin emas. Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun har bir oʻzgartirish elementi boʻyicha muhokama oʻtkazilishi kerak.
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).
Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:
1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:
importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');
Skript ochiluvchi menyuda „Tezda oʻchirishga“ nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.
Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.
Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.
Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.
Ular maʼlum mezonlarga kiritilgan istisnolardan tashqari barcha turdagi sahifalarga qoʻllaniladi va shuning uchun bu maqolalar, yoʻnaltirishlar, maxsus sahifalar, munozara sahifalar, fayllar va shu kabilarga tegishlidir.
Maʼnosiz, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan, asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb kabilar).
Vikipediyaning texnik imkoniyatlarini sinash uchun yaratilgan sahifa, buning uchun maxsus moʻljallangan sahifalar bundan mustasno.
Shu jumladan aniq yolgʻon, shuningdek vandalizm oqibatlarini bartaraf etish paytida yaratilgan vaqtinchalik yoʻnaltirishlar.
Ushbu mezon munozara asosida avval oʻchirilgan sahifaning asossiz tiklangan nusxalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu mezon bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu mezon biror sahifani uni yaratgan foydalanuvchi (yaʼni, shu sahifa muallif) oʻchirilishini iltimos qilgan hollarga nisbatan qoʻllaniladi (bunda, sahifa shu muallif tomonidan yozilgan boʻlishi va oʻchirish sababi koʻrsatilishi lozim).
Sahifani koʻchirish yoki tahrirlar tarixini birlashtirish uchun. Ushbu amal eʼtiroz uygʻotmasligi yoki oldindan kelishuv asosida qilinishi lozim.
Misollar:
Andozalar:
Ushbu mezon boʻhton, tahdid, taʼqib yoki qoʻrqitish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga olgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Bu faqat reklama uchun moʻljallangan sahifalarga taalluqli hisoblanadi. Agar mavzu diqqatga sazovor boʻlsa va kontentni neytral (betaraf) nuqtai nazardan yozilgan matn bilan almashtirish imkoni mavjud boʻlsa, bu sahifani saqlash oʻchirishdan koʻra afzaldir (albatta, qayta tahrirlansa).
Bu mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materialni biror-bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyilgan hollarda, erkin litsenziyasiz, saqlashga arzigulik kontent boʻlmagan matnli sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi. Batafsil tanishish uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari buzilishi sahifasiga qarang.
Ushbu mezonlar faqat asosiy nomfazoda boʻlgan sahifalarga (maqolalarga) nisbatan qoʻllaniladi.
Masalan: Anvarning qizil rangli mashinasi bor.
Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa. Shuningdek, tuzatib boʻlmas mashina tarjimasidan iborat maqolalar ham tezda oʻchirilishi mumkin.
Bu faqat turkumlardan iborat maqolalarni ham oʻz ichiga oladi.
Masalan, boshqa Vikimedia loyihalaridagi (Vikilugʻat, Vikimanba va hk.) sahifalar matnini koʻchirib qoʻyish.
VP:U9ga qarang.
Masalan: „Eshmat Toshmatov — universitet 1-kurs talabasi, 1990-yilda tugʻilgan“ va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.
VP:U11ga qarang.
Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.
VP:U8ga qarang.
Ushbu mezonlar faqat fayllarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu mezonlar faqat turkum sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu mezonlar faqat Foydalanuvchi: va Foydalanuvchi munozarasi: nomfazosida boʻlgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Shaxsiy foydalanuvchi sahifalar va ularning ostsahifalari uchun (foydalanuvchi munozara sahifalari uchun emas).
Mavjud boʻlmagan foydalanuvchilar foydalanuvchi sahifalari, ostsahifalari va munozara sahifalari uchun.
Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.