Veymar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Veymar — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Ilm daryosi boʻyida (Elba havzasi). Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Kombayn, aniq oʻlchov asboblari zavodi, poligrafiya korxonalari bor; kimyo, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Shahar ilk bor 975-yildan tilga olingan. 1573-yildan gersoglik, 1815-yildan Saksen-Veymar-Eyzenax Buyuk gersogliganing (1918-yilgacha) bosh shahri. 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlarida Germaniya maorifi markazi. F List nomidagi konservatoriya, ped instituti; Gyote milliy muzeyi, Shiller uy-muzeyi, Milliy teatr bor. 16—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan: Gersog saroyi (1790—1803-yillarda qayta qurilgan). Belveder saroyi (1726—32), Meʼmoriy va qurilish oliy maktabi (1904—07) va b. Ikkinchi jahon urushi yillarida V. yaqinida eng yirik konslagerlardan biri Buxenvald barpo etilgan edi. (1703 va 1708-17), K. M. Viland (1772-1813), I. V. Gyote (1775-1832), I. G. Gerder (1776-1803), I F. Shiller (17991805), F. List (1848-61) yashaganlar va ijod qilganlar.