Ushuaia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ushuaia — Argentinaning Tierre del Fuego, Antártida e Islas del Atlántico Sur viloyati poxtaxti. 82,615 aholiga ega Ushuaia 54-chi janubiy kenglikdan janubda joylashgan va dunyodagi eng janubiy shahar hisoblanadi.
Ushuaia | |
---|---|
Shahar | |
| |
54°48′26″S 68°18′16″W | |
Mamlakat | Argentina |
Provinsiya | Tierra del Fuego |
Departament | Ushuaia Departamenti |
Hukumat | |
• Mer | Walter Vuoto |
Asos solingan | 1884-yil 12-oktyabr (Augusto Lasserre) |
Maydon | 23 km2 (8.9 kv mi) |
Markazi balandligi | 23 m |
Iqlim turi | ET/Cfc |
Aholisi | 82,615 |
Zichligi | 3,600 kishi/km2 |
Etnoxoronim | Ushuaialik |
Vaqt mintaqasi | UTC−3 |
Telefon kodi | +54 2901 |
Pochta indeks(lar)i | V 9410 |
Ushuaia Isla Grande del Tierra del Fuego (Olovli yer) orolining janubiy qirg'og'ida, keng ko'rfaz bo'yida joylashgan. Shimolda Martial tog'lari, janubda Beagle bo'g'ozi bilan chegaralanadi. Shahar 9,390 km2 mahdonga ega Ushuaia departamentidagi yagona munitsipalitet hisoblanadi. Shaharga 1884-yil 12-oktyabrida Argentina dengiz kuchlari zobiti Augusto Lasserre asos solgan. Ma'muriy markaz bo'lishdan tashqari, Ushuaia kichik sanoat porti va turistik markazdir. Ushuaia Antarktida yarimorolidan tahminan 1,100 kilometr masofada joylashgan va xalqaro darajada tan olingan 5 Antarktida darvozalaridan biridir.