From Wikipedia, the free encyclopedia
Uruk Janubiy Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk shahri nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar („Qizil bino“ va „Oq ibodatxona“ xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha – Unug, Bibliyada – Erex, yunoncha – Orxoya). Mil. av. 28—27-asrlarda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Janubiy Mesopotamiyadagi shahardavlatlar Uruk gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-asrda Lugalzaggisi davrida Uruk Shumer poytaxti edi. 22-asr oxirida Uruk podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida „Shumer va Akkad podsholigi“ barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu – Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. Uruk mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-asrlarda – Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3-asrda sosoniylar tomonidan vayron qilingan. Uruk oʻrnida hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya shahridan 65 km shim.gʻarbda) joylashgan. Urukda nemis arxeologlari tomonidan XX asr boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.