umurtqa pog'onasini tashkil qiluvchi suyaklar From Wikipedia, the free encyclopedia
Umurtqa, umurtqalar – odam va umurtqali hayvonlar umurtqa pogonasini tashkil etadigan kalta gʻovak suyaklar. Odamda umurtqa tana, ravoq va oʻsiqlardan iborat. Umurtqa 33—34 boʻlib, bulardan 7 tasi boʻyin, 12 tasi koʻkrak, 5 tasi bel, 5 tasi dumgʻaza va 4—5 tasi dum umurtqasidir. Dumgʻaza va dum umurtqalari keyinchalik (kishi 17—25 yoshga yetganda) oʻzaro birlashib, bitta suyakni hosil qiladi. Umurtqa ravoqlarining birlashishidan vujudga kelgan kanalda orqa miya, umurtqa atrofida esa muskullar joylashgan. Umurtqalarning oʻzaro qoʻshilishidan umurtqa pogʻonasi tashkil topadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.