From Wikipedia, the free encyclopedia
Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqa kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.
Ovqatni uyda tayyorlashdan Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlashga oʻtish jarayonining oʻzidayoq mehnatni kooperatsiyalash yuzaga keladi, ilgʻor texnologiya va yuqori unumli jihozlarni qoʻllash tufayli mehnat unumdorligi bir necha barobar oshadi. Isteʼmolchilarning ovqat tayyorlash vaqtini tejash imkoniyatini yaratib, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida restoran, kafe, barlar asosiy oʻrinni egallaydi. Ularda ovkatlanish bilan birga madaniy dam olish, yubiley, oilaviy, toʻy tantanalari va boshqa marosimlar ham oʻtkaziladi. Mehmonxonalarda, aeroport, temir yoʻl vokzallari, avtobuslar st-yalari, poyezdlar va teploxodlarda joylashgan Umumiy ovqatlanish shoxobchalari yoʻlovchilarga, turistlarga xizmat koʻrsatadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida, albatta, pazandachilik sanʼati yetakchi oʻrinda turadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda, asosan, choyxonalar Umumiy ovqatlanish joyi boʻlib kelgan. 19-asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin "Rivyera", "Parij", "Shimol" (Samarqand), "Regina", "Buffa", "Anona" (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat koʻrsatilgan. 1918-yilda Turkiston temir yoʻl ishchi va xizmatchilari uchun Toshkent, Qoʻqon, Aris, Xovas va boshqa joylarda ovqatlanish korxonalari ochilgan. Shu yilning oxirida ularning soni 80 taga yetgan. 1923— 24 ylarda mehmonxonalarda oshxonalar, dam olish joylari va bozorlarda kizil choyxonalar va kabobxonalar ochilgan.
30 va keyingi yillarda Umumiy ovqatlanish tizimiga katta eʼtibor berildi. Umumiy ovqatlanishni boshqarish va tashkil etish, tarmoqning rivojlanishini, sanitariya holatini yaxshilash, zarur asbobuskunalar, jihozlar bilan taʼminlash va mahsulot sifatini yaxshilash kabi tadbirlar amalga oshirildi. 80-yillarga kelib Oʻzbekistonda Umumiy ovqatlanish korxonalarining soni 18802 taga yetdi. Oʻlarda 90,4 ming kishi faoliyat koʻrsatdi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida Umumiy ovqatlanish tarmogʻida xususiylashtirish jarayoni tezlashdi. Korxonalar mulkchilik shakllarini uzgartirib, aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, xususiy korxona, firma va boshqa mulkchilik shakllariga oʻtkazildi. Shahar va tuman markazlari, guzarlar, yirik qishloqlarda koʻplab xususiy restoran, kafe, oshxona, deqhon bozorlarida milliy taomlar rastalari va boshqa faoliyat koʻrsata boshladi. Oʻzbekistonda 877,3 ming oʻringa ega boʻlgan 17,5 ming Umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud. Bularning 0,6 mingtasi davlat, 16,9 mingtasi nodavlat korxonalaridir. Har bir ovqatlanadigan oʻringa 35 kishi, har bir korxonaning xizmat koʻrsatish imkoniyatiga 1428 kishi toʻgʻri keladi (2003).
Umumiy ovqatlanishning rivojlanishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13 fevraldagi "2003—2006-yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari tarmoklarini rivojlantirishga doyr qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi va boshqa karorlari muhim rol oʻynadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining ancha qismi "Uzbekbirlashuv", "Uzbekturizm", Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqalarga qaraydi, kasalxonalar, sanatoriy va dam olish uylariga, maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari va boshqa ga xizmat koʻrsatadi.
Umumiy ovqatlanishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi ovqatlanish oʻrinlari sonini koʻpaytirish, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar va muzlatilgan taomlar i. ch., Umumiy ovqatlanishni xom ashyo mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshi yoʻlga qoʻyish, taomlar sifati va xizmat koʻrsatish madaniyatini yaxshilash, pazandalik industriyasini rivojlantirish, qoʻl mehnatini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va hokazodan iborat. Respublikada Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati "Savdogar" gaz.da, jur.larda yoritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.