![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/25/Whipple2.jpg/640px-Whipple2.jpg&w=640&q=50)
Uippl kasalligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uipp kasalligi - ingichka ichak limfa tomirlarini bakteriyalar ta'sirida paydo bo'lgan glikozaminglikan komplekslari bilan yopilib qolishi oqibatida yuzaga keladi. Kasallik yarim tizimli o'zgarishlar - ekssudativ enteropatiyalar, mal'absorbsiya sindromi, artralgiya, poliserozit va nevrologik belgilar bilan kechadi. U nisbatan kam uchraydi va 1907 - yilda Amerikalik patanatom Uippl tomonidan yoritilganligi sababli uning nomi bilan ataladi.Ko'proq (5-10 marta) 40-50 yoshdagi ayollar kasallanadi. Muallif kasallikning asosi yog ' almashinuvining buzilishi ekanligini aytdi va uni "interstitsial lipodistrofiya" deb atashni taklif qildi.