Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi
SSSR ittifoqdosh respublikasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ukraina SSR (ukraincha: Украї́нська Радя́нська Соціалісти́чна Респу́бліка; ruscha: Украи́нская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ukrainasi deb yuritiladi.
1919–1991 1941–1944: Nemis va rumin okkupatsiyasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
Maqom |
Sovet Rossiyasining qoʻgʻirchoq mamlakati (1919–1922) Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1990) Ukraina qonunchiligi ustuvor boʻlgan ittifoqdosh respublika (1990–1991) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hukumat boshchisi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
• 1919–1923 (ilk) |
Kristian Rakovskiy | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
• 1988–1991 (soʻnggi) |
Vitold Fokin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat boshchisi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
• 1919–1938 (ilk) |
Grigory Petrovskiy | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
• 1990–1991 (soʻnggi) |
Leonid Kravchuk | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Oʻzining 72 yillik tarixi davomida Ukraina SSRning chegarasi koʻp oʻzgargan. Hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi 1939-yil Polshadan anneksiya qilib olingan. 1946-yil respublika hududiga Zakarpatye qoʻshib olingan. Ukraina SSR iqtisodi koʻlami va aholisi soni boʻyicha Sovet Ittifoqida Rossiya SFSRdan keyin ikkinchi oʻrinda turgan.
1919–1934-yillarda Xarkov shahri Ukraina SSR poytaxti boʻlgan. 1934-yildan poytaxti – Kiyev shahri. Respublika 480 rayonga boʻlingan, 429 shahar, 916 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.