![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/43/UEFA_Euro_2016_logo.svg/languz-640px-UEFA_Euro_2016_logo.svg.png&w=640&q=50)
Futbol boʻyicha 2016-yilgi Yevropa chempionati
Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. / From Wikipedia, the free encyclopedia
Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan[4][5]. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.
fransuzcha: Championnat d'Europe de football 2016 | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Fransiya |
Sana | 10-iyun – 10-iyul |
Jamoalar | 24 |
Bellashuv joylari | 10 (9 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar |
![]() |
2-oʻrin |
![]() |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 51 |
Gollar soni | 108 (har oʻyinda oʻrtacha 2.12 ta) |
Muxlislar soni | 2 427 303 (har oʻyinda oʻrtacha 47 594 ta) |
Toʻpurar(lar) |
![]() |
Eng yaxshi oʻyinchi |
![]() |
Eng yaxshi yosh oʻyinchi |
![]() |
← 2012 2020 → |
Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi[6]. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.
Fransiya 2010-yilning 28-mayida 2016-yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Musobaqa mezbonligi uchun raqobatda Turkiyani magʻlub etgan[7][8]. Oʻyinlar oʻnta shahardagi oʻnta stadionda boʻlib oʻtgan: Bordeaux, Lens, Villeneuve-d’Ascq, Décines-Charpieu, Marsel, Nice, Parij, Saint-Denis, Saint-Étienne va Tuluza.
Musobaqada gʻalaba qozongani uchun Portugaliya 2017-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan[9].