![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/Collage_of_2023_Turkey%25E2%2580%2593Syria_earthquake.jpg/640px-Collage_of_2023_Turkey%25E2%2580%2593Syria_earthquake.jpg&w=640&q=50)
Turkiya—Suriya zilzilasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriyaning gʻarbiy qismida zilzila sodir boʻldi[4][5]. Gaziantep shahridan 34 km (21 mi) gʻarbda Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da (UTC 01:17) da sodir boʻlgan zilzilaning magnitudasi kamida 7,8 va maksimal Mercalli intensivligi XI (ekstremal). Gʻayrioddiy kuchli 7,7 magnitudali ikkinchi zilzila asosiy silkinishdan toʻqqiz soat oʻtgach sodir boʻldi. Zilzila markazi Qahramanmarash viloyatining shimoliy shimoli-sharqidan 95 km (59 mi) uzoqlikda joylashgan[6]. Zilzila mintaqada keng koʻlamli vayronagarchilik va minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Asosiy zilzila tufayli yetkazilgan talofatlar boʻyicha Turkiya tarixida sodir boʻlgan eng kuchli zilzila boʻlib, hatto 1939-yilgi Erzincan zilzilasini ham ortda qoldirdi[7]. Xuddi shunday magnitudali zilzila 1668-yilgi Shimoliy Anadolu zilzilasi boʻlgan edi[8]. Zilzila, shuningdek, 1822-yildan buyon Suriyada sodir bo'lgan eng halokatli zilziladir[9]. Mazkur zilzila 2010-yilda sodir boʻlgan Gaiti zilzilasidan beri dunyodagi eng halokatli zilzila, shuningdek, Levantda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi[10][11]. Zilzila kuchi Isroil, Livan, Kipr va Turkiyaning Qora dengiz sohillarigacha sezilib, tizimli zarar yetkazdi[12].
Turkiya—Suriya zilzilasi | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Sana va vaqti | 2023-02-06 01:17:35 |
Mahalliy vaqt | 04:17 TRV (UTC +3) |
Davomiyligi | 80 sekund[1] |
Miqdori | 7,8 Mww |
Merkalli shkalasi | XII (Ekstremal)[2] |
Chuqurligi | 10 km |
Episentr |
Şehitkamil, Gaziantep 37.174°N 37.032°E / 37.174; 37.032 |
Yoriq | Oʻlik dengiz oʻzgarishi, Sharqiy Anatoliya yorigʻi, Çardak–Sürgü yorigʻi |
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) | Asosan Turkiya va Suriya hududlari |
Umumiy zarar | 84.1 mlrd dollar (taxminan) |
Sunami | 0.17 m (6.7 in) |
Talofatlar |
Janubiy-sharqiy shaharlarda binolar vayron boʻldi |
Aftershoklar |
≥10,000 (3-mart holatida) 4.0 va undan yuqori magnitudali aftershoklar 470+ Eng yirigi: 6-fevral Turkiya vaqti bilan soat 13:24da 7.5 magnitudali |
Qurbonlar |
Halok boʻlganlar 7004573500000000000♠57,350, yaradorlar 7005129500000000000♠129,500dan ortiq |
Manbalar | [3] |
Zilziladan keyin 2 109dan ortiq aftershoklar kuzatildi[13]. Seysmik ketma-ketlik yoriqlarning sayoz surilishi natijasida yuzaga kelgan. 18-fevral holatiga koʻra, jami 47 100 dan ortiq oʻlim qayd etilgan. Bundan Turkiyada 40 600 nafar, Suriyada esa 6 400 nafar[14][15]. Qish boʻroni qutqaruv ishlariga toʻsqinlik qildi. Vayronalar ustida qor yogʻib, harorat keskin pasayib ketdi[16]. Hududlardagi sovuq havo harorati tufayli tirik qolganlar, ayniqsa vayronalar ostida qolganlar uchun gipotermiya xavfi ehtimoli katta[17][18]. Zilzila taxminan 84,1 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirib[19], tarixda qayd etilgan eng qimmat tabiiy ofatlardan biriga aylandi.