From Wikipedia, the free encyclopedia
Turgʻun Alimatov (20-yanvar 1920-yil – 17-dekabr 2008-yil) – atoqli oʻzbek milliy sozandasi va bastakori, Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Dutor, tanbur, sato asboblarini mahorat bilan chalgan. Alimatov dutor, tanbur va sato ijrochiligini mukammal oʻrganib, oʻziga xos ijro uslubini yaratdi[1]. Alimatov ijrochilik uslubiga „badihagoʻylik, soz pardalarini oʻta mungli va dardli yangratish, torlarni nozik nolalantirib chalish“ xos[2].
Turgʻun Alimatov | |
---|---|
Tavalludi |
20-yanvar 1922-yil Keles qishlogʻi, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Vafoti |
17-dekabr 2008-yil (86 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Janrlar |
anʼanaviy musiqa shoshmaqom |
Kasbi | bastakor, sozanda |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Alimatovning musiqiy faoliyati 17 yoshidan umrining oxirigacha choʻzildi. Sozanda shoshmaqom turkumidagi kuylarni yuksak mahorat bilgan chalgan, oʻziga xos uslub va musiqiy bezaklar bilan boyitgan. Shuningdek, ushbu turkumdagi hamda Fargʻona-Toshkent yoʻlidagi noyob maqom namunalarining milliy musiqa xazinasining oltin fondi uchun yozib olinishida muhim rol oʻynagan. Alimatov tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan „Dutor navosi“, „Tanovar“, „Chorgoh“, „Munojot“, „Navroʻzi ajam“, „Buzruk“, „Kuygay“ kabi mumtoz musiqa namunalari katta shuhrat qozongan.
Turgʻun Alimatov 1922-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatidagi Keles qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Alimuhammad oʻziga toʻq oiladan boʻlgan, dutorni mahorat bilan chalgan, ammo Alimatovga bevosita uni chalishni oʻrgatmagan. Alimuhammad, Turgʻun olti yoshdaligida vafot etgan. Alimatov otasi vafotidan keyin avval internetda, keyin maktab binosida yashagan.
Alimatov 1937—40-yillarda Toshkent pedagogika institutining ishchi fakulteti qoshidagi musiqa toʻgaragiga qatnashib, tanbur, gʻijjak (skripka) chalishni oʻrgangan. Asboblarni asosan mustaqil ravishda oʻrgangan, oʻz chalish uslubini ishlab chiqqan[1]. Keyinchalik xalq va professional ijro uslublarini Shobarat tanburchi, Nabi tanburchi, Mulla Toʻychi hofizlardan oʻzlashtirgan.
Alimatov 1940—42-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. 1942—43-yillarda esa Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil oyogʻidan yaralanib, avval Sibirga, keyin Toshkentga yuborilgan. Davolanayotganida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri eʼlon qilgan tanlovda qatnashib, teatr qoshidagi ansamblga olingan. Teatrda 1946-yilgacha ishlagan. 1947—52-va 1957—59-yillarda Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari orkestrida, 1959—85-yillarda Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblida sozanda boʻlib ishlagan. Bu orada turli musiqa toʻgaraklariga rahbarlik qilgan. 1985-yildan Toshkent davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1994-yildan ayni konservatoriyada professor boʻlib ishlagan.
Alimatov repertuarida xalq kuylari, maqom va mashhur ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Dutor navosi“, „Tanavor I—II“, „Tanbur navosi“, „Chorgoh“, „Munojot“, „Nola“, „Navo“, „Navroʻzi ajam“, „Eshvoy“, „Buzruk“, „Ey, sabo“, „Kuygay“ va boshqalar) katta oʻrin olgan. Ovoz rejissori N. Hasanov yordamida yakka sozlar (dutor-tanbur, dutor-sato, tanbur-sato-dutor va boshqalar)da oʻziga xos yakkanavoz „ansambl“ tarzida ijro etgan cholgʻu kuylari 10 dan ortiq gramplastinkalarda chiqarilgan.
Alimatov xalqaro musiqa anjuman (Moskva, 1971; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va boshqalar) hamda konsertlarda qatnashgan. Chet ellarda, jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniyada gastrollarda boʻlgan[2]. Alimatov 2008-yilning 17-dekabrida 86 yoshida Toshkentda vafot etdi. Uning oʻgʻillari Alisher va Valisher Alimatovlar ham sozandalik qiladi[3].
Alimatov bir necha sovrin va mukofot bilan taqdirlangan. 1992-yil Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1997-yilda esa „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan. 2012-yil New Yorkda Alimatov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan konsert va ilmiy anjuman oʻtkazildi[3][4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.