Toshkent davlat yuridik universiteti
From Wikipedia, the free encyclopedia
41°18′39.815999999992″N 69°16′39.107999999995″E
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti (TDYU) | |
---|---|
Xalqaro nomi | Tashkent State University of Law |
Shiori | Kuch - adolatda |
Asos solingan | 1991-yil |
Rektori | Rustambekov Islambek v.v.b. |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 1 yil |
Manzili | 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy |
Vebsayti | tsul.uz |
Toshkent davlat yuridik universiteti — Oʻzbekistondagi davlat oliy oʻquv yurti va yuridik fan markazlaridan biri. Universitet Oʻzbekistonning yuridik fanlar va yuridik taʼlim milliy markazlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Uning nufuzi, obroʻ-eʼtibori respublikadan tashqarida ham keng tarqalgan. Universitet tarkibiga 16 ta mutaxassislik va 3 ta umumtaʼlim kafedralari, Yurist kadrlar malakasini oshirish markazi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi sohasida yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ixtisoslashgan filial hamda akademik litsey kiradi. Universitet, shuningdek, Adliya vazirligining oʻquv muassasalari tizimiga kiritilgan 14 ta yuridik kollej (texnikumlar) faoliyati boʻyicha uslubiy rahbarlik va muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-dekabr 746-sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor etib, Toshqulov Akbar Joʻraboyevich tayinlandi. Toshqulov Akbar Joʻraboyevich 2022-yilning 16-noyabr sanasidan Adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Lavozimiga koʻra, universitet rektori adliya vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilgan.