From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan atalgan, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi va hozirgi paytgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti nomi bilan atalmoqda. Universitetda va filiallarida 26,350 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi |
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1955 |
Rektori | Мaxkamov Baxtiyor Shuhratovich |
Talabalari | 13,000+ |
Bakalavriat | 26 ta yoʻnalish |
Magistratura | 32 ta mutaxassislik |
Akademiklari | 1 |
Fan doktorlari | 16 |
Professorlari | 16 |
Oʻqituvchilari | 400 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tuit.uz |
TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60540300 | Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) |
5 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
8 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
9 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
10 | 60610700 | Sun’iy intellekt |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
12 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
13 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
14 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
15 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
16 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
17 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
18 | 60611400 | Pochta aloqasi texnologiyasi |
19 | 60611500 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) |
20 | 60612000 | Infokommunikatsiya injiniringi |
21 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
22 | 60710600 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
23 | 60711500 | Mexatronika va robototexnika |
24 | 61011000 | Logistika injiniringi |
25 | 60612400 | Elektr aloqa injiniringi (Electrical and communication engineering) |
26 | 60612300 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
5 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
8 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
9 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
10 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
12 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
13 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
14 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
15 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
16 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
2 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
3 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
4 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) |
2 | 70210402 | Kompyuter grafikasi va dizayn |
3 | 70310501 | Raqamli iqtisodiyot |
4 | 70320402 | Elektron kutubxona va arxivlar |
5 | 70411701 | Logistika (raqamli logistika) |
6 | 70412801 | Elektron tijorat |
7 | 70610101 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
8 | 70610205 | Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari |
9 | 70610301 | Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
10 | 70610302 | Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
11 | 70610501 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) |
12 | 70610502 | “Elektron hukumat” tizimini boshqarish |
13 | 70610503 | Tibbiyotda kompyuter tizimlari |
14 | 70610504 | Ma’lumotlar ilmi (Data Science) |
15 | 70610505 | Internet ashyolari |
16 | 70610601 | Dasturiy injiniring |
17 | 70610701 | Sun’iy intellekt |
18 | 70611001 | Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”) |
19 | 70611003 | Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti |
20 | 70611004 | Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi |
21 | 70611005 | Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi |
22 | 70611101 | Multiplikatsion filmlar texnologiyalari |
23 | 70611401 | Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi |
24 | 70611601 | Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha) |
25 | 70611701 | Mobil aloqa tizimlari |
26 | 70611702 | Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari |
27 | 70611703 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
28 | 70611802 | Videotexnologiyalar |
29 | 70611901 | Maxsus yoritish texnologiyalari |
30 | 70710601 | Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) |
31 | 70411701 | Raqamli kriminalistika |
32 | 70611006 | Fotonika va optik aloqa |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.