From Wikipedia, the free encyclopedia
Tonkatsu soʻzi xitoycha ikkita birikmadan yasalgan. Birinchi boʻgʻin 豚 „ ton“ — „choʻchqa“ degan maʼnoni anglatsa va ikkinchi boʻgʻin — katsu (カツ), bu katsuretsu ning qisqartirilgan shakli boʻlib (カツレツ), inglizcha kotlet soʻzining eski koʻrinishi. [1]
Tonkatsu taomi XIX asrning oxiri Meydzi davrida Yaponiyada paydo boʻlgan taomlardan biri hisoblanadi. Bu taom Yevropadan Yaponiyaga kirib kelgan taom boʻlib, Yevropada goʻsht yoki nondan tayyorlangan.
Eng avvalo goʻsht odatdagidek tuzlanadi, qalampirlanadi, un ga qorilib, koʻpirtirilgan tuxumga botiriladi va qovurishdan oldin panko (non boʻlaklari) bilan qoplanadi. [2]
Keyin Tonkatsu boʻlaklarga boʻlinadi va odatda maydalangan karam bilan stolga tortiladi. Tonkatsu sousi [2] yoki oddiygina sous, karashi (xantal) bilan yeyish maqsadga muofiqdir. U odatda guruch, miso shoʻrva va tsukemono bilan birga qoʻshib isteʼmol qilish mumkin. Taomni qoshiq yoki xitoy qoʻsh choplari yordamida yeyish maqsadga muofiqdir.
Nagoya va uning atrofidagi hududlarda xetcho miso asosidagi sous bilan isteʼmol qilinadigan miso katsu, tonkatsu yeyish keng tarqalgan. [3]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.