![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/72/BelAZ_dump_trucks_burned_during_the_Civil_War_in_Tajikistan_2.jpg/640px-BelAZ_dump_trucks_burned_during_the_Civil_War_in_Tajikistan_2.jpg&w=640&q=50)
Tojikiston fuqarolar urushi
From Wikipedia, the free encyclopedia
1992-1997-yillari Tojikiston oʻzining zamonaviy tarixida qonli fuqarolar urushiga guvoh boʻldi.
Tojikiston fuqorolar urushi(1992-1997-yillar) | |||||
---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||
| |||||
Raqiblar | |||||
![]() ![]() ![]() |
Birlashgan Tojikiston muholifati | ||||
Qoʻmondonlar | |||||
Rahmon Nabiev Imomali Rahmonov Islom Karimov |
Said Abdullo Nuri | ||||
Umumiy yoʻqotishlar | |||||
20,000–60,000 oʻlimlar |
XX asr dekolonizatsiya (kolonizatsiyaning parchalanishi) jarayonining ikki bosqichiga guvoh boʻldi: Ikkinchi Jahon Urushi yakunlangandan keyin va 1990-yillarda Sovuq Urush tugagandan soʻng. Har ikki bosqichda ham kolonial kuchlar ketgandan soʻng uchinchi dunyo mamlakatlarida etnik urushlar yuz berishi odat tusiga kirib qoldi. Tojikiston ham bundan mustasno emas.
Tojikiston oʻz mustaqilligini SSSR parchalanishi arafasida, 1991-yil 8-sentyabr kuni qoʻlga kiritgan edi. Bu Tojikiston tarixidagi ilk oʻzini mustaqil boshqaruvchi davlat boʻldi. Biroq mustaqillikdan koʻp oʻtmay Tojikiston yangi davlatning moʻrt ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va tashqi kuchlar taʼsiri tufayli noroziliklar toʻlqini ostida qolib ketdi.