![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Location_Nagorno-Karabakh2.png/640px-Location_Nagorno-Karabakh2.png&w=640&q=50)
Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Togʻli Qorabogʻ — Kavkazortidagi tarixiy hudud. 1923-yil Togʻli Qorabogʻ hududida Ozarbayjon tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ Muxtor viloyati tashkil qilindi. Maydoni 4,4 ming km2. Aholisi 194 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan, armanlar va ozarbayjonlar, shuningdek, rus va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Viloyatda 5 maʼmuriy tuman, 2 shahar va 7 shaharcha bor. Markazi — Xonkendi sh. Yirik shaharlardan Shusha sh. ham bor.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Location_Nagorno-Karabakh2.png/320px-Location_Nagorno-Karabakh2.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2a/Ani_Location_Artsakh_en.gif/320px-Ani_Location_Artsakh_en.gif)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bf/Karabakh_in_Azerbaijan_map.png/320px-Karabakh_in_Azerbaijan_map.png)
Togʻli Qorabogʻ asosan, Kichik Kavkazning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shaharda Murovdogʻ tizmasi (eng baland joyi 2725 m) bor. Shimoli-sharq va sharqi — tekislik. Foydali qazilmalari: polimetall rudalari, litografiya toshi, Islandiya shpati, marmar, grafit, asbest va boshqa Mineral suvli buloq koʻp. Hududining koʻp qismida iqlimi moʻʼtadil (qishi quruq), gʻarb va jan.gʻarbiy togʻli qismi salqin va sovuq (qishi quruq). Tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3°dan —2°gacha; iyulniki tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda 20°—26° va baland togʻlarda 10°—14°. Yiliga tekislik va past togʻlarda 400-600 mm, baland togʻlarda 900 mm gacha yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari — Terter, Xachinchay, Karkarchay (Kura havzasi), Kendelanchay, Ishxanchay (Arake) havzasi.
Tekislik va past togʻlarda kashtan tuprok, oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuprogʻi bilan birga togʻ qora tuprogʻi uchraydi, undan yukorida togʻoʻtloqi tuproqlari bor. Tekisliklarda, asosan, shoʻra va shoʻra boshokdoshlar, togʻ etaklarida va past togʻlarda yarim kseforit buta changalzorlari, undan yuqorida keng bargli oʻrmonlar, subalp va alp oʻtloklari mavjud. Oʻrmon (dub, qora qayin, zarang) va butazorlar viloyat hududining 32 % i ni egallaydi. Kaspiy ulari, bezoar echkisi, yelik, qoʻngʻir ayiq, jayra, alp zogʻchasi, togʻ qargʻasi, qizilquyruk, qoya kaltakesagi yashaydi.
Sanoati mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Oziq-
ovqat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 65,5 %). Vino zdlari (Xonkendi, Gadrut, Martuni, Mardakert, Askeran va boshqalar), moysir, non zdlari; ipak kti poyabzal, gilam va tikuvchilik fkalari bor. Xonkendi elektrotexnika zdi viloyat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoat tarmoklari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Asosiy sanoat markazi — Xonkendi sh.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari: tokchilik, mevachilik, sabzavotchilik, tamakichilik. Ozuqa ekinlari: gʻalla, dondukkaklilar, kartoshka ham ekiladi. Tut mevasi muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Pilla yetishtiriladi. Asosiy avtomobil yoʻllari: Yevlax—Agdam—Xonkendi — Shusha—Lachin, Yevlax— Mardakert— Kelbajar. Shusha kurorti, Turshsu balneologik iqlimiy davolash joyi, sanatoriy, dam olish uylari bor. Qizil imperiya parchalanib, „ittifoqdosh“ respublikalar oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritgach, viloyat statusini belgilash boʻyicha T. Q. armanlar bilan ozarbayjonlar oʻrtasidagi ancha vaqt qurolli toʻqnashuv zonasi boʻlib keldi.[5]
Togʻli Qorabogʻ — Ozarbayjon Respublikasining gʻarbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.[1][2][3][4]
Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjonning markaziy qismida joylashgan. Sovet hokimiyati davrida bu yerda hududi 4,4 ming kv.km yoki Ozarbayjon Respublikasi umumiy hududining 5,1 foizini tashkil etgan Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati joylashgan edi. 1970-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida 150.313 nafar aholi mavjud boʻlgan[6]. Viloyat tarkibiga Askaron rayoni, Hadrud rayoni, Mardakert rayoni, Martuni rayoni, Shusha rayoni va viloyatga boʻysunuvchi Stepanakert shahri kirar edi.[7]. Tarixan Kavkaz Albaniyasining (Arronning), Qorabogʻ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi boʻlgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishgʻoli ostidadir. Ozarbayjonning „musiqiy akademiyasi“ sifatida mashhur[8]. Tarixan hozirgi ozarbayjonliklar yashab kelgan viloyatdir. 1820-yildan boshlab armanilarning Ozarbayjonga ommaviy ravishda koʻchirilgan hududlardan biridir. Armancha manbalarda Arsax sifatida tilga olinadi.