![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/Blausen_0215_CerebralHemispheres.png/640px-Blausen_0215_CerebralHemispheres.png&w=640&q=50)
Toʻrtinchi qorincha
From Wikipedia, the free encyclopedia
Toʻrtinchi qorincha inson miyasi ichidagi suyuqlik bilan toʻldirilgan toʻrtta bogʻlangan boʻshliqdan biridir. Birgalikda qorincha tizimi deb ataluvchi bu boʻshliqlar chap va oʻng lateral qorinchalar, uchinchi qorincha va toʻrtinchi qorinchalardan iboratdir. Toʻrtinchi qorincha miya suv yoʻli ( Sylvius suv yoʻli ) umurtqa kanaligacha choʻziladi va likvor bilan toʻldiriladi.
Qisqa faktlar Lotincha nomi ...
![]() Odam bosh miyasi oldindan ko‘rinishi. | |
![]() O‘ng yarimshar Chap yarimshar | |
Lotincha nomi | Hemisphaerium cerebri |
---|---|
Yopish
Toʻrtinchi qorincha odam miyasining kesmalarida oʻziga xos olmos shakliga egadir. Koʻprik ichida va uzunchoq miyaning yuqori qismida joylashgan. Miya suv yoʻli orqali toʻrtinchi qorinchaga kiradigan likvor orqa miyaning subaraxnoidial boʻshligʻiga ikkita lateral teshik va bitta oʻrta chiziqli teshik orqali chiqishi mumkin.