From Wikipedia, the free encyclopedia
Terks va kaykos orollari - Bagama orollarining janubi-sharqiy qismidagi Terke, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 430 km². Maʼmuriy markazi — KobernTaun shahri. Aholisi 15 ming kishidan ziyod, 90% dan ortigi Afrika qitʼasidan borgan. Rasmiy til — ingliz tili. Orollar marjon ohaktoshlaridan tuzilgan boʻlib, riflar bilan o‘ralgan. Karst keng tarqalgan. Iqlimi tropik, passat, oylik temperatura 23—27°C. Kuchli shamol va dovullar bo‘lib turadi. Yillik yog‘in o‘rtacha 1000 mm. Sho‘r ko‘l ko‘p. Doim yashil butazorlar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Orolni 1512-yilda ispanlar egallagan. 17-asrda orolga Bermuda o.laridan Aholi kelib urnashgan. 1766-yildan Buyuk Britaniya mulki. 1874—1962-yillarda Yamayka tarkibida bulgan. 1959-yilda oʻzinioʻzi ichki boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. Orol muhim moliya markazlaridan. Qishloq xo‘jaligida dukkakli ekinlar, makkajo‘xori, meva va sabzavotlar ekiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Baliq konservalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish. korxonalari mavjud. Yirik orollarda xalqaro aeroportlar bor. Turizm rivojlangan. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yamayka. Terks va Kaykos-Buyuk Britaniyaning Karib dengizi havzasidagi dengizorti hududi hisoblanadi.Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra,Terks va Kaykos orollari dunyoning mustaqil davlatlar qatoriga kirdi,chunki 1982-yil orollar o‘z mustaqilligiga erishdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.