![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/ca/Naruska%252C_Salla%252C_Finland.jpg/640px-Naruska%252C_Salla%252C_Finland.jpg&w=640&q=50)
Tenniöjoki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tenniöjoki – Rossiya va Finlandiyadagi daryo. U Rossiyaning Murmansk viloyatidan boshlanadi, u yerdan Finlandiyaning Laplandiya hududiga oqib oʻtadi. Tenniöjoki Kemijoki irmogʻi boʻlib, Kuolajoki unga kelib quyiladi. Mazkur irmoq ham chegaraning Rossiya tomonida boshlanib, Finlandiyada tugaydi.
Daryo uzunligi 73 kilometr (45 mi), suv havzasining maydoni 725 square kilometre (280 kv mi) ni tashkil etadi. Minkeliminturi togʻ yonbagʻirlaridagi botqoqli hududdan boshlanadi.