amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis From Wikipedia, the free encyclopedia
Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi[2], qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib[5], Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.
Taylor Swift | |
---|---|
Swift 2023-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Taylor Alison Swift 13-dekabr 1989-yil West Reading, Pennsilvaniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | |
Leybl |
|
Janr | |
Amplua | |
Faoliyat yillari | 2004 – hozirgacha |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Veb-sayt | taylorswift.com |
Imzosi | |
Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.
Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi[6][7]. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.
Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan[8][9]. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan[10]. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan[11]. Taylorning Austin ismli ukasi ham bor[12]. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega[13].
Swift 12 karra Grammy,[14] 1 karra Emmy,[15] 40 karra American Music Award,[16] 39 karra Billboard Music Award,[17] 23 karra MTV Video Music Award,[18] 12 karra Country Music Association Award,[19] 8 karra Academy of Country Music Award[20] hamda 2 karra Brit[21] sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan[22]. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi[23][24] va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan[25][26]. 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan[27].
Yil | Nom[28] | Rol |
---|---|---|
2009 | Jonas Brothers: The 3D Concert Experience | Oʻzi |
Hannah Montana: The Movie | ||
2010 | Valentine's Day | Felicia Miller |
2012 | The Lorax | Audrey |
2014 | The Giver | Rosemary |
2015 | The 1989 World Tour Live | Oʻzi |
2018 | Taylor Swift: Reputation Stadium Tour | |
2019 | Bluebird | |
Cats | Bombalurina | |
2020 | Miss Americana | Oʻzi |
Taylor Swift: City of Lover | ||
Folklore: The Long Pond Studio Sessions | ||
2021 | All Too Well: The Short Film | Oʻzi |
2022 | Amsterdam | Liz Meekins |
2023 | Taylor Swift: The Eras Tour | Oʻzi |
Nom[29] | Yil | Rol |
---|---|---|
Good Morning America | 2006; 2008; 2012; 2014; 2019–2021 | Oʻzi |
Once Upon a Prom | 2008 | |
2008 MTV Video Music Awards | 2008 | |
CMT Crossroads | 2008 | |
The Ellen DeGeneres Show | 2008–2012; 2014; 2019 | |
CSI: Crime Scene Investigation | 2009 | Haley Jones |
2009 MTV Movie Awards[30] | Maktab oʻquvchisi | |
Late Night with Jimmy Fallon | Oʻzi | |
Saturday Night Live | ||
Journey to Fearless | 2010 | |
Take Two with Phineas and Ferb | 2011 | |
2011 CMT Music Awards | ||
Punk’d | 2012 | |
20/20 | ||
VH1 Storytellers | ||
The Jonathan Ross Show | ||
The GRAMMY Nominations Concert Live | ||
60 Minutes | 2012–2013 | |
Alan Carr: Chatty Man | 2012; 2014 | |
New Girl | 2013 | Elaine |
CBS This Morning | 2013–2014 | Oʻzi |
The Voice | 2013–2014; 2019 | |
Saturday Night Live | 2014; 2017; 2019; 2021; 2023 | |
Late Night With Seth Meyers | 2014; 2021 | |
The View | 2014 | |
The Talk | 2014 | |
Jimmy Kimmel Live! | 2014; 2020 | |
Barbara Walters' 10 Most Fascinating People | 2014 | |
The Graham Norton Show | 2013–2014; 2019; 2022 | |
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon | 2014–2015; 2019; 2021–2022 | |
Saturday Night Live 40th Anniversary Special | 2015 | Oʻzi/Alison |
The Tonight Show Starring Jimmy Fallon | 2017 | Oʻzi |
2019 NFL Draft | 2019 | |
CBS News Sunday Morning | ||
Kids Say the Darndest Things | ||
Strictly Come Dancing | ||
The Today Show | ||
The Late Late Show with James Corden | ||
One World: Together at Home | 2020 | |
Dear Class of 2020 | ||
Selena + Chef | ||
The Late Show with Stephen Colbert | ||
Impact x Nightline | 2022 | |
2023 | ||
Dancing with the Stars |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.