Taxtakoʻpir tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Taxtakoʻpir tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-yil may oyida tashkil qilingan. 1963-yil Taxtakoʻpir tumani tugatilib, Chimboy tumaniga birlashtirilgan. 1965-yil oʻz nomi bilan Chimboy tumanidan ajralib chiqqan.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qoraqalpogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Taxtakoʻpir |
Asos solingan sanasi | 1930 |
Hokim | Jambul Adilov [1] |
Rasmiy tillar | Qoraqalpoq |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
43°1′21″N 60°17′19″E |
Yopish
Taxtakoʻpir tumani janubdan Beruniy, jan, sharqsan Ellikqalʼa, gʻarbdan Qoraoʻzak, shim.gʻarbdan Moʻynoq tumani, shim.sharqdan Qozogʻiston Respublikasi va sharqsan Navoiy viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 21,1 ming km². Aholisi 42,6 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Taxtakoʻpir), 8 ovul fuqarolar yigʻini (Beltov, Janadaryo, Mulik, Otakoʻl, Taxtakoʻpir, Qoraoy, Qorateran, Qoʻngʻirotkoʻl) bor. Markazi — Taxtakoʻpir shaharchasi.