Tasqaralar (Aegypinae) — qarchigʻaylar oilasiga mansub qushlar kenja oilasi. Uz. 50 dan 120 sm gacha, vazni 1,5 dan 12 kg gacha. Boshi va boʻyni kalta parlar bilan qoplangan boʻlib, oʻlimtiklarni yeganida ifloslanmaydi (boltayutar va xurmo T.i bundan mustasno). Qanotlari uzun, keng va kuchli; oʻlimtik qidirib havoda qanot qoqmasdan parvoz qilishga moslashgan. Koʻpchilik yirik hayvonlar oʻlimtigi bilan oziqlanadi. Oyokdaridagi tirnoqlari qayrilmaganligi uchun oʻljasini tutib turishga moslashmagan. Faqat boltayutar oyoqlari oʻljani tutib tura oladi. Bolalariga oziqni jigʻildonida olib keladi. 9 urug, 14 turi bor. Jan. Yevropa, Afrika, Markaziy va Jan. Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turi (qora Tasqaralar, oq boshli qumoy, qor qumoyi, boltayutar) uchraydi; baland togʻlarga uya quradi. Barcha turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.