From Wikipedia, the free encyclopedia
Taksofon, telefonavtomat — abonentni boshqa abonent bilan bir marta ulab beradigan ommaviy telefon apparata. Mahalliy (shahar, qishloq) aloqa, shaharlararo aloqa, ham mahalliy, ham shaharlararo aloqa taksofonlariga boʻlinadi. Asosiy qismi: elektr zanjirlari bloki boʻlgan tanga (yoki jeton) tekshirish qurilmasi va pul yig'gich. Elektr zanjirlari bloki taksofonni telefon stansiyasi bilan ulaydi va uzadi, nutqlarni qabul qiladi va uzatadi; tashlangan tanga (yoki jeton) ni tekshiradi, abonent javob bermasa, tanga (yoki jeton)ni qaytaradi. Taksofonda raqami 3 xonadan kam boʻlgan (01, 02, 03 va boshqalar) maxsus xizmat idoralari bilan pulsiz gaplashish mumkin. Taksofonga tanga yoki maxsus jeton tashlanadi. Maxsus kartochka bilan ishlaydigan taksofonlar ham mavjud (2004).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.