Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrgatish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrgatish (TESL) yoki boshqa tillarda soʻzlashuvchilarga ingliz tilini oʻrgatish (TESOL) birinchi tili ingliz tili boʻlmagan talabalarga ingliz tilini oʻrgatish uchun atamalar hisoblanadi. TESL, TEFL va TESOL atamalari sinfning joylashuvi va oʻquvchilar soniga qarab farqlanadi. [1] TEFL ingliz tili asosiy til boʻlmagan mamlakatlarda mavjud ingliz tili dasturlari hisoblanadi. TEFL dasturlari til maktabida yoki oʻqituvchi bilan alohida oʻqitilishi mumkin. Baʼzi ish oʻrinlari uchun minimal TEFL talabi 100 soatlik kursni tashkil qiladi, shunga qaramasdan 120 soatlik kurs qatʼiy tavsiya etiladi, chunki u koʻpincha yuqori maoshli oʻqituvchi lavozimlarini egallash imkonini beradi. [2] TESL va TESOL ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda uchraydigan ingliz tili dasturlarini ham oʻz ichiga oladi. Koʻpincha, bu kabi dasturlar chet elga koʻchib kelgan (vaqtinchalik yoki doimiy boʻlmagan maktab yoki ish uchun) yoki oilalari uyda boshqa tilda gaplashadigan aholiga xizmat qiladi. TESOL – bu TEFL va TESL dasturlarini oʻz ichiga olgan katta atama boʻlib, ingliz tilini oʻqitish sohasida keng qabul qilingan atama hisoblanadi. TEFL oʻqituvchilari ingliz tilida soʻzlashuvchi yoki ona tilisi ingliz tili boʻlmagan oʻqituvchilar boʻlishi mumkin.
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrgatish eskirgan atama hisoblanadi, chunki talabalar ingliz tilini oʻrganishdan oldin bir nechta tillarda ham gaplasha olishlari mumkin. [3] Ingliz tilini oʻz mamlakatida, odatda, maktabda oʻrganayotganlar, EFL (Ingliz tili chet tili sifatida) oʻrganayotgan talabalaridir. [4] Umuman olganda, ingliz tilini oʻrganayotgan talabalar ELS(ingliz tilini oʻrganuvchilar) deb ataladi.