From Wikipedia, the free encyclopedia
Szyansi — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosining oʻng sohilida. Maydoni 164,8 ming km². Aholisi 41,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nanchan sh. Yer yuzasi markaziy va shim. kismida allyuvial pasttekislik, qolgan qismi togʻlik, eng baland joyi 1696 m. Iqlimi subtropik mussonli iqlim. Yillik yogʻin 1400–1700 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan. Iqgisodiyotida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, batat, dukkaklilar, paxta, jut, shakarqamish ekiladi. Sitrus mevalar yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Volfram, toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Toʻqimachilik, mashinasozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, qogʻoz sanoati korxonalari bor. S. qadimdan oʻzining chinni buyumlari bilan mashhur. Bu yerda Xitoyda eng katta chinni fabrikasi joylashgan. Daryolarida kema qatnaydi.
S. hududida mil. av. 7—4-asrlarda Si, Yue, Chu podshohliklari boʻlgan. Mil. av. 3-asrda Sin imperiyasi tarkibidagi Szyutszyan viloyati edi. 13-asrda Xitoyni moʻgʻullar bosib olgach, S. provinsiyasi tarkib topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.