Suriya choʻli
suriya cho'li haqida ma'lumot From Wikipedia, the free encyclopedia
suriya cho'li haqida ma'lumot From Wikipedia, the free encyclopedia
Suriya choʻli, Bodiyat ash-Shom (arabcha: ) — Gʻarbiy Osiyodagi choʻl. Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni hududlarida. Maydoni 1 mln. km². Furot va Mesopotamiya pasttekisligi tomon 800 m dan 500 m gacha pasayib boradi. Ohaktoshli plato va lava maydonlaridan iborat. Yer yuzasi tekis. Ayrim joylarida bal. 1100 m boʻlgan yakka togʻlar, shoʻrxok va taqirli soyliklar uchraydi. Qumli va toshloq maydonlar bor. Iqlimi subtropik, kontinental, quruq ikdim, qishi iliq, yozi issiq. Choʻlning shim. qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6,9°, iyulniki 29,2°, yillik yogʻin 100–150 mm. Baxrr va yoz boshlarida hamsin shamoli esadi. Suriya choʻlida okar suvlar yoʻq. Oʻsimliklari juda siyrak, buta va efemerlar oʻsadi. Aholisi koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Suriya choʻli arabcha: | |
33°20′0″N 38°50′0″E | |
Mamlakatlar | Suriya Iroq Iordaniya Saudiya Arabistoni |
Joylashuvi | Yaqin Sharq |
Maydoni | 500 000 km² |
Daryolar | Furot |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.