Sungari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sungari yoki Songhua — Xitoyning shim.sharkiy qismidagi daryo, Amur daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1870 km, havzasining maydoni 524 ming km². Chanbayshan yassitogʻligidan boshlanib, ManchjuriyaKoreya togʻlari, Sunlyao va Sanszyan tekisligidan oqadi. Asosan, yomgʻirdan toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib oqadi, kuchli toshqinlar boʻlib turadi. Oʻrtacha suv sarfi 2500 m³/sek. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. Girin shahrigacha kema qatnaydi. Yuqori qismida GES va suv omborlari qurilgan. S. vodiysida aholi zich yashaydi.
Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Yopish
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |